NASHRIYOT HAQIDA

Info Kapital Books – anʼana va zamonaviylikni uygʻunlashtirgan nashriyot

Biz taʼlim, maʼrifat va insoniy qadriyatlarni jonli, qiziqarli va tushunarli shaklda yetkazamiz.

Info Kapital Books — bu keng jamoatchilikka ilm-ma’rifatni yetkazish maqsadida tashkil etilgan nashriyot uyi.

Nashriyot faoliyati dastlab Info Kapital Group tarkibida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ilm-fan va ma’naviyatga mehr qo‘ygan o‘quvchilar uchun eng sara asarlarni taqdim etishga qaratilgan izchil ishlarni olib bordi.

Xizmatlar ko‘lami kengaygani sari, 2023 yilda Info Kapital Books mustaqil nashriyot sifatida tashkil etildi va alohida yo‘nalishda faoliyat yuritishni boshladi.

Bugungi kunga kelib, biz nafaqat kitob nashr etamiz, balki o‘z kitob do‘konimiz orqali bilim olish istagidagi o‘quvchilarni yuqori sifatli asarlar bilan ta’minlab kelmoqdamiz.

 

Asosiy tamoyillarimiz — ishonch va sifat

Kitob — bu shunchaki axborot manbai emas, balki inson tafakkurini shakllantiruvchi, ijodkorlikni rivojlantiruvchi va dunyoqarashni kengaytiruvchi kuchli vositadir.

Shu boisdan, biz nashriyot faoliyatining har bir bosqichiga mas’uliyat bilan yondashamiz: tahrir, dizayn, bosma jarayon va tarqatish ishlari yuqori sifat talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Eng sara kitoblarimiz siz uchun

20 k
KITOBLAR
15 k
SOTUVLAR
18 k
chop etilgan

Bizning maqsadimiz:

Janrlar va kategoriyalar doirasini kengaytirish, badiiy adabiyotdan tortib, ta'lim va ilmiy nashrlargacha.
Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va chet ellik mualliflar bilan hamkorlik qilish, O‘zbekistonga eng yaxshi xalqaro nashriyot amaliyotlarini olib kirish
Mualliflarimizga faqat O‘zbekistonda emas, balki chet elda ham o‘z kitoblarini nashr etish imkonini beradigan global loyihalarni amalga oshirish
Yozuvchilar va o‘quvchilar o‘rtasida noyob muloqot platformasini yaratish maqsadida adabiy festival va uchrashuvlar tashkil etish

Bizning printsiplarimiz

Halollik va shaffoflik

Biz o‘z hamkorlarimiz va o‘quvchilarimiz bilan ochiq muloqot qilamiz, har bir fikrni tinglashga tayyormiz

Har bir bosqichda sifat

Har bir kitobimiz yuqori standartlarga javob berishi uchun biz innovatsion texnologiyalar va jamoamizning professionalliklariga sarmoya kiritamiz

Yangi mualliflarni qo‘llab-quvvatlash

Biz har bir insonda noyob asarlar yaratish potentsiali mavjud deb hisoblaymiz va boshlovchi yozuvchilarga o‘z iste’dodlarini rivojlantirishda yordam beramiz