Additional information
| Muallif | Arminiy Vamberi |
|---|---|
| ISBN | 978-9943-5444-9-9 |
Vengriyalik sharqshunos va sayyoh A.Vamberining “Buxoro va Movarounnahr tarixi” asari Buxoro xonligining eng qadim davrlaridan to XIX asrning ikkinchi yarmi, yaʼni Oʻrta Osiyoni chor Rossiyasi tomonidan bosib olinish davrini oʻz ichiga oladi. Asar bir qator muarrixlar: Narshaxiy, Juvayniy, Ali Yazdiy, Ibn Arabshoh, Mirxond, Ibn Roʻzbexon, Sharif Sayyid Roqim va boshqalar qalamiga mansub tarixiy manbalar va bir qator gʻarb sharqshunoslari qalamiga mansub asarlarga suyanib yozilgani bilan eʼtiborga molik. Ushbu asar vatanimiz tarixi bilan qiziquvchi mutaxassis va oʻquvchilarga moʻljallangan.
Asarning A.I.Pavlovskiy tomonidan 1873-yilda rus tiliga qilingan tarjimasidan foydalanish uchun sharoit yaratgan Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxona direktor oʻrinbosari Umidaxon Teshaboyeva va “Nodir nashrlar” boʻlimi boshligʻi Nargiza Zoitovaga tashakkur aytamiz.
| Muallif | Arminiy Vamberi |
|---|---|
| ISBN | 978-9943-5444-9-9 |