Mahmudxoʻja Behbudiy

Qoʻlingizdagi kitobda XX asr Turkiston milliy uygʻonish davri adabiyotining buyuk namoyandasi, adib, publitsist, noshir va muharrir, jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiyning hayoti va faoliyati haqida fikr yuritiladi. Asarga adibning “Vaqt”, “Ulfat”, “Turkiston viloyatining gazeti”, “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Tujjor”, “Samarqand”, “Siroti mustaqim” nashrlarida bosilgan va avvalgi ikki jildlikka kirmagan maqolalari kiritildi. Ilk bor adib asarlarining fixristi ilova qilindi.

Ushbu asar XX asr adabiy, ijtimoiy-siyosiy tafakkuri, milliy uygʻonish davri bilan qiziquvchilar va keng oʻquvchilar ommasiga moʻljallangan. Arxiv materiallari va tarixiy suratlar oʻrin olgan.

Toʻplamda filologiya fanlari doktori Zaynobidin Abdurashidov va filologiya fanlari nomzodi Nodira Egamqulova tomonidan tayyorlangan “Borar yoʻling Turkistondir…” toʻplamidan joy olgan Mahmudxoʻja Behbudiy maqolalari ham kiritildi. Biz ushbu mualliflarga hamda bizga samimiy yordam bergan Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona rahbariyati hamda “Nodir nashrlar” boʻlimi xodimasi Mahfuza Abduraimovaga samimiy tashakkur bildiramiz.

Category:

Additional information

Muallif

Sirojiddin Ahmad

ISBN

978-9910-9466-8-4