Tasnif
Ushbu kitobda taqdim etilayotgan ma’lumotlar o’tmishga tarixiy dalillar asosida nazar tashlash, mulohaza qilish zaminida imkoniyat darajasida o’zlikni anglashga qaratiladi. Masala qanday yoritildi, bu muhtaram o’quvchilar hukmiga havola. Agar ular ozgina bo’lsa-da, ma’naviy ozuqa olsalar, biz o’zimizni maqsadga erishgan hisoblaymiz.
Ushbu asar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-iyul №358 qarori va “Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish bo’yicha jamoatchilik komissiyasi huzuridagi ilmiy-ishchi guruhlari”ga qo’yilgan vazifaga muvofiq yozilgan.
