Tasnif
“Soʼnggi Temuriy” romani “Temuriylar” epopeyasining navbatdagi kitobidir.
Siz ushbu jildda oʼn oltinchi asr boshida islom dunyosining yetakchi saltanatlari – boburiylar, usmoniylar, shayboniylar (Buxoro xonligi), safaviylar va Misr sultonligida kechgan buyuk tarixiy voqealar, Boburshohning bu mamlakatlar hukmdorlari bilan munosabatlari, Hindiston fotihi Zahiriddin Muhammad Bobur hayotining soʼnggi damlari badiiy-tarixiy tasvirining tanigʼi va guvohi boʼlasiz.
