Hikoyalar to’plami

Категория:

Описание

Mutolaa inson farzandining bu hayotdagi eng katta zavqlaridan biridir. Bu zavqning eng asosiy va muhim manbayi esa hech shubhasiz bu – kitoblar hisoblanadi. Bu ma’naviy javohirni vujudga keltiruvchisi esa yana insondir, albatta. Bu insonni biz yozuvchilar deb ataymiz. Yozuvchi sifatida o‘quvchi e’tibori va muhabbatini qozonish esa ulkan baxtdir. Shukur Xolmirzayev mana shunday baxt sohibi bo‘la olgan yozuvchi. Ushbu kitobdagi hikoyalar mualliflarini haqli ravishda Shukur Xolmirzayevning izdoshlari deb ayta olamiz. Ushbu kitobda hayotning turli jabhalarini qamrab olgan hayotiy voqealarni o‘zida aks ettirgan hikoyalar jam bo‘lgan. Kitobga Info Kapital Books nashriyoti tomonidan o’tkazilgan Shukur Xolmirzayev nomidagi 1-xalqaro hikoyalar tanloviga kelib tushgan minglab hikoyalar orasidan ekspertlar tomonidan saralangan hikoyalar kiritilgan.

Детали

ISBN

978-9943-8104-7-1

Muqovasi

Qattiq muqova

Sahifasi

528 bet