Qo'shimcha ma'lumot
| ISBN | 978-9943-5108-0-7 |
|---|
Inson umri uzunligi bilan emas, mazmunli hayoti bilan baholana- di, degan iborani koʻp ishlatamiz. Qisqa umri davomida oʻzidan ulkan maʼnaviy va bebaho meros qoldirgan, millat tafakkurini birlamchi vazifa, deb bilgan hamda asarlari orqali insonlarni hamisha uygʻoq qalb bilan yashashga undagan ijodkor – Abdulla Qodiriy zakosi oldida xalq hamisha bosh egadi. Darhaqiqat, XX asr birinchi choragida millat maʼnaviy hayotida jonbozlik koʻrsatgan adib merosi asrlarga tati- gulikdir. U millat tafakkurini oshirish yoʻlida “Jadid adabiyoti” asoschilaridan biri boʻldi, oʻzbek adabiyotida romanchilikni boshlab berdi. Milliy adabiyotning bugungi zabardast vakillariga maʼnan ustozlik qildi.
Adibning isteʼdodi-yu mahoratiga qanchalik havas qilmaylik, uning mudom qiyinchiliklardan iborat bolaligi-yu oʻsmirligi, kasbiy faoliyati va hatto ayanchli oʻlimi aynan xotiralarda jonlana- di. U avlodlari – millatning qalbi uygʻoq farzandlari xotirasida barhayotdir.
Ushbu kitob nafaqat buyuk yozuvchining avlodlari, shogirdlari xotiralaridan iborat, balki u bilan zamondosh boʻlgan, adib bilan bir davrda ijod qilgan insonlarning esdaliklari jamlanmasidir.
| ISBN | 978-9943-5108-0-7 |
|---|