Tasnif
Abdulla Qodiriy o‘z ijodi, ya’ni ketma-ket yozilgan ikki zabardast asari bilan o‘zbek adabiyotida yangi janr – romanchilikka asos solgan. Shu bilan birga, ayni o‘zi yashagan davr va turmush tarziga faol munosabatda bo‘lib, o‘sha davr matbuotida qator taxalluslar bilan chiqishlar qilgan. E’tiboringizga havola etilayotgan mazkur to‘plamdan o‘rin olgan kichik maqola va hikoyalarda Qodiriyning ichki dunyosi, xolis so‘zi, jar’ati va insoniy burchi kabilar aks etadiki, buni ziyrak kitobxon satrlardagi yozuvchining qalb oriqlari orqali his qiladi. Shunday ekan, Abdulla Qodiriyning yana bir asari – “Diyori bakr» mutolaasi ham o‘quvchilarni katta asarlari singari hayajonu tafakkur sari yetaklashiga umidvormiz.
